O‘zbekistonda 2025-yilda faktoring xizmatlari hajmi 9,5 trln so‘mga yetdi

Jami xizmatlarning 65,4% hajmida mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga faktoring taqdim etilgan

O‘zbekistonda 2025-yilda faktoring xizmatlari hajmi 9,5 trln so‘mga yetdi

2025-yil yakunlariga ko‘ra, kredit tashkilotlari tomonidan jami 9,5 trln so‘mlik faktoring xizmatlari ko‘rsatildi. Bu haqdagi Markaziy bank hisobotida qayd etilgan.

Jami hajmning 8,8 trln so‘mi yoki 93%i tijorat banklari, 699 mlrd so‘mi yoki 7%i mikromoliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rsatilgan faktoring xizmatlarining 4,4 trln so‘mi (46%) raqamli faktoring ulushini tashkil etdi. Shundan 2,5 trln so‘mi (58%) “Ozplanet” elektron faktoring platformasi, 1,8 trln so‘mi (42%) esa “Finmakon” platformasi orqali amalga oshirilgan.

Biznes subyektlarining aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini faktoring orqali moliyalashtirish hajmi sezilarli oshdi. Agar 2024-yil dekabr oyida faktoring xizmatlari 630 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil dekabrida bu ko‘rsatkich ikki barobar o‘sib, 1,2 trln so‘mga yetdi.

2025-yil davomida tadbirkorlik subyektlariga davlat ulushi mavjud tijorat banklari tomonidan 5 trln so‘m (56%), xususiy banklar tomonidan 3,8 trln so‘m (44%) miqdorida faktoring xizmatlari taqdim etildi.

Davlat ulushi mavjud banklar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha qayd etildi:

  • Asaka bank — 1,5 trln so‘m (shundan 508 mlrd so‘m elektron platforma orqali);
  • Oʻzmilliybank — 921 mlrd so‘m (801 mlrd so‘m elektron shaklda);
  • Oʻzsanoatqurilishbank — 761 mlrd so‘m (720 mlrd so‘m elektron shaklda).

Xususiy banklar orasida esa:

  • Kapitalbank — 1,3 trln so‘m (31 mlrd so‘m elektron platforma orqali);
  • Hamkorbank — 909 mlrd so‘m (246 mlrd so‘m);
  • Asia Alliance Bank — 354 mlrd so‘m (194 mlrd so‘m) bilan yetakchilik qildi.

Shuningdek, mikromoliya tashkilotlari tomonidan 2025-yilda jami 699 mlrd so‘mlik debitorlik qarzdorliklari moliyalashtirildi.

2025-yil yanvar–dekabr oylarida hududlar kesimida faktoring xizmatlari hajmi:

Hudud Hajm (so‘m) Ulushi (%)
Toshkent shahri 4,1 trln so‘m 43,3 %
Andijon viloyati 1,9 trln so‘m 20,4 %
Toshkent viloyati 859 mlrd so‘m 9,1 %
Farg‘ona viloyati 543 mlrd so‘m 5,7 %
Surxondaryo viloyati 67 mlrd so‘m 0,7 %
Sirdaryo viloyati 47 mlrd so‘m 0,5 %
Jizzax viloyati 45 mlrd so‘m 0,5 %

2025-yil yakunlariga ko‘ra, faktoring xizmatlari mijozlarning tashkiliy-huquqiy shakli kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga to‘g‘ri kelgani qayd etildi. Mazkur toifadagi korxonalarga 6,2 trln so‘m miqdorida, ya’ni jami xizmatlarning 65,4% hajmida faktoring taqdim etilgan.

Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 1,8 trln so‘m yoki 19% ulushdagi debitorlik qarzlari faktoring orqali moliyalashtirilgan.

Shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar 1,3 trln so‘m (13,3%), xususiy va oilaviy korxonalar hamda fermer xo‘jaliklari esa 218 mlrd so‘m (2,3%) miqdoridagi debitorlik qarzlarini faktoring xizmatlari orqali moliyalashtirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish muddati ma’lum qilindi
/
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish muddati ma’lum qilindi
AQSh Green Card arizalari qoidalarini o‘zgartiradi
/
AQSh Green Card arizalari qoidalarini o‘zgartiradi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi