«Evraz Steel Box» O’zbekistondagi po’lat qurilish bozoriga kirmoqchi

Bosh direktor O'zbekistonni ushbu davlatda prefabrik binolarni qurish istiqbollari tufayli tanladi

«Evraz Steel Box» O’zbekistondagi po’lat qurilish bozoriga kirmoqchi

«Evraz Steel Box» 2024 yilda o’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda po’lat qurilish bozorida o’z ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Leonid Lazutkin ma’lum qildi, deya xabar beradi TAСС.

«Evraz Steel Box»ga kelsak, bu yil kompaniya O’zbekistonga alohida e’tibor qaratgan holda O’rta Osiyo bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Nima uchun aynan u yerga? Chunki bu davlat prefabrik binolarni rivojlantirish uchun muhim istiqbollarni taklif etadi — dedi u.

Lazutkinning ta’kidlashicha, kompaniya yetkazib berish geografiyasini bozor ehtiyojlariga qarab kengaytirish niyatida.

«Evraz Steel Building», «Evraz Steel Box», «Evraz Steel House» va injiniring portali «Evraz Steel Engineering» kompaniyasi «Evraz» tarkibiga kiruvchi po’lat qurilish sohasidagi yagona ekotizimni tashkil etadi. «Evraz metallurgiya va tog’-kon sanoati sohasida vertikal ravishda integratsiyalashgan korxona bo’lib, Rossiya, AQSh, Kanada, Chexiya va Qozog’istonda aktivlarga ega va dunyodagi eng yirik po’lat ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. 2022 yil may oyidan beri «Evraz» kon-metallurgiya kompaniyasi Buyuk Britaniyaning sanktsiyalari ostida.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston urug‘lik materiallari eksportini MDH bozorlarida kengaytiradi
/
O‘zbekiston urug‘lik materiallari eksportini MDH bozorlarida kengaytiradi
Hukumat Wildberriesning O‘zbekistonda logistika majmuasi qurishiga rozilik berdi
/
Hukumat Wildberriesning O‘zbekistonda logistika majmuasi qurishiga rozilik berdi
Hukumat dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratishi mumkin
/
Hukumat dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratishi mumkin