Yaponiya 34 yil ichida birinchi marta eng yirik kreditor davlat maqomini yo‘qotdi

Uning o‘rnini $3,95 trlnlik chet el aktivlari bilan Germaniya egallagan

Yaponiya 34 yil ichida birinchi marta eng yirik kreditor davlat maqomini yo‘qotdi

Yaponiya chet el aktivlarining rekord miqdorini qayd etganiga qaramay, 34 yil ichida birinchi marta dunyodagi eng yirik kreditor davlat maqomini yo‘qotdi. Bu haqda Yaponiya Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya xorijdagi sof aktivlari 533,05 trln yuanni (taxminan $3,7 trln) tashkil etdi. Germaniya esa bu borada $3,95 trln bilan birinchi o‘ringa chiqdi. Xitoy esa uchinchi o‘rinda qolmoqda – $3,58 trln.

Germaniyaning bu yuksalishi mamlakatning 2024-yilda 248,7 mlrdl yevrolik joriy hisob profitsiti bilan izohlanmoqda. Taqqoslash uchun, Yaponiyaning sof hisob profitsiti taxminan €180 mlrd tashkil etdi.

Shuningdek, yil davomida yenning yevroga nisbatan 5% qadrsizlanishi Germaniya aktivlarining yapon iyenasidagi ifodasini nisbatan kattaroq ko‘rsatgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Telegram $1,5 mlrdlik obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda
/
Telegram $1,5 mlrdlik obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda
Binance O‘zbekiston fuqarolari uchun P2P xizmatini vaqtincha to‘xtatdi
/
Binance O‘zbekiston fuqarolari uchun P2P xizmatini vaqtincha to‘xtatdi
2025-yilda 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan
/
2025-yilda 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan