Toshkent chet elliklar uchun eng yaxshi shaharlar ro‘yxatida 200-o‘rinni egalladi
Shuningdek, Bishkek 212-o‘rinda, Ashxobod esa 222-o‘rinda qayd etilgan
https://ka7tour.ru
“Expat City Ranking 2024” tadqiqoti natijalariga ko‘ra, Toshkent dunyoning ekspatlar uchun eng yaxshi shaharlar reytingida 200-o‘rinni egalladi. Bu haqida Mercer.com nashri xabar qildi.
Reyting “InterNations” xalqaro hamjamiyati tomonidan tuzilib, unda 62 mamlakat shaharlarida yashovchi 12 mingdan ortiq ekspatlar ishtirok etdi.
Markaziy Osiyo shaharlaridan Olmaota (179-o‘rin) va Ostona (186-o‘rin) Toshkentni ortda qoldirdi. Bishkek va Ashxobod shaharlari esa 212-, 222-o‘rinlarni egallagan.
Reytingning birinchi o‘riniga Tsyurix (Shvetsariya) shahri loyiq deb topilgan. Ikkinchi, uchunchi o‘rinlarida esa Vena va Jeneva shaharlari qayd etilgan.
Ushbu reytingida beshta qit’adagi 241 ta shahar ishtirok etdi. Ro‘yxatning quyi qismini Afrika va Yaqin Sharqdagi shaharlar egallagan bo‘lib, eng oxirgi o‘rinni Xartum (Sudan) shahri egallagan.
Eslatma: Ekspat (inglizcha expatriate) — bu boshqa mamlakatda doimiy yoki vaqtinchalik yashab, ishlayotgan shaxs.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ