Oylik iste’moli 500 kVt/soatdan yuqori bo‘lgan davlat xodimlariga “yashil ta’mir” krediti beriladi

Budjetdan tashqari jamg‘armasidan ssuda berilib, yil yakunigacha kamida 100 ming xonadon energiya samarador tizimga o‘tadi

Oylik iste’moli 500 kVt/soatdan yuqori bo‘lgan davlat xodimlariga “yashil ta’mir” krediti beriladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda suv va kanalizatsiya xizmatidan tushgan mablag‘ning 10%i tumanlarda qolishi, zarur materiallar tayyor turmagani uchun 2−3 soatda hal bo‘ladigan avariyalar 4−5 kunga cho‘zilishi hamda qachon avariya bo‘lsa, keyin material sotib olinishi tanqid qilindi.

Tuman tashkilotlari o‘zini “nazoratchi” deb biladi, aholi og‘irini yengil qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘q! — dedi prezident.

Masalan, Qumqo‘rg‘on tumani karantin bo‘limida 8 nafar inspektor faqat kamchilik bo‘yicha ko‘rsatma, eksportga sertifikat berish bilan shug‘ullanadi, fumigatsiya xizmatini ko‘rsatmaydi. Ekologiya bo‘limi ham faqat daraxt kesishni nazorat qiladi, lekin “Yashil makon” doirasida qayerga qanday ko‘chat ekish, moliyaviy manbasi bo‘yicha taklif bermaydi.

Hukumatdagi mas’ullar, vazirlar tartib-intizomga vaqtida e’tibor bermagani uchun islohotlar ijrosi cho‘zilib ketayotgani tanqid qilindi. Masalan, suyultirilgan gaz yetkazishda 60−70 kunlab uzilish kuzatilmoqda. Ayniqsa, Andijon va Surxondaryoda murojaatlarning 70%i shu masala bilan bog‘liq.

Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi? Rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish: bu masalaga ikki haftada yechim topsin, bo‘lmasa o‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin, — dedi davlat rahbari.

Prezident yozning boshlanishi nisbatan salqin kelganiga qaramay, buyog‘iga kunlar isib, elektr iste’moli oshishiga to‘xtaldi. Ikki oy oldin Energiya samaradorlik agentligi tashkil qilinib, budjetdan 100 mlrd so‘m berildi.

Energetika vazirligi va agentlikka vazirlik, hokimlik va davlat korxonalarining oylik iste’moli 500 kVt/soatdan yuqori bo‘lgan xodimlari ro‘yxatini shakllantiradi. Ushbu xodimlarga energiya samarador texnologiyalarga o‘tish uchun “yashil ta’mir” krediti yoki subsidiya olishga ko‘maklashiladi.

Kerak bo‘lsa, budjetdan tashqari jamg‘armasidan ssuda berilishi mumkin. Buning hisobidan yil yakunigacha iste’moli yuqori bo‘lgan kamida 100 ming xonadon energiya samarador tizimga o‘tishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lishi yuzasidan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi
/
O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lishi yuzasidan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi
O‘zbekiston yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti uch barobar oshdi
/
O‘zbekiston yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti uch barobar oshdi
“Trump Organization” kompaniyasi Trump Mobileni ishga tushirdi
/
“Trump Organization” kompaniyasi Trump Mobileni ishga tushirdi