Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda

Shuningdek, Yer kodeksiga ruxsat etilgan maydonlar haqida alohida bob kiritiladi

Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda

Senatning navbatdagi yalpi majlisda “Yer uchastkalaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Qonun bilan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilishi, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoki begonalashtirish, hududlarini qisqartirish, ularda bino va inshootlar qurish taqiqlanishi qatʼiy belgilanmoqda.

Ushbu cheklovlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi, botanika bog‘larini xususiylashtirish va ularning hududlarida qurilishni amalga oshirish taqiqlangan holda botanika bog‘larining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatiga kiritilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, Qonun bilan Yer kodeksi alohida bob bilan to‘ldirilib, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish tizimini joriy etish, ularni belgilash va o‘zgartirish tartibi tatbiq etilmoqda.

Senatorlar taʼkidlashicha, Qonunning qabul qilinishi yer resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarish samaradorligini oshirish, yer fondining barcha toifalaridagi yer uchastkalarini bozor va kadastr baholash sifatini yaxshilash, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlarining yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari bo‘yicha xabardorligini oshirish va sohada nazorat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, madaniy hordiq maskanlari va ularning hududlarini saqlab qolish, botanika bog‘lari va ularning yerlarini begonalashtirish, hududida bino-inshootlar qurish yoki qurilish osti maydonlarini kengaytirishni taqiqlaydi hamda mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
Endilikda O‘zbekistonda qurilish maydonlarida ortiqcha chang chiqarilganda jarima qo‘llaniladi
/
Endilikda O‘zbekistonda qurilish maydonlarida ortiqcha chang chiqarilganda jarima qo‘llaniladi