O‘zbekistonda elektron sigaretalar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

Qoidabuzarlar BHMning 500 baravarigacha jarimaga tortilishi yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

O‘zbekistonda elektron sigaretalar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

O‘zbekistonda 27-noyabrda imzolangan qonun bilan elektron sigaretalarni o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish o‘tkazish, ishlab chiqarish, O‘zbekistonga olib kirish yoki undan olib chiqish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha (123,6 mln so‘mdan 206 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bunda ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Bundan tashqari “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning aylanishiga doir taqiq belgilandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yanvar oyida ajratilgan kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 21,8%ni tashkil etdi
/
Yanvar oyida ajratilgan kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 21,8%ni tashkil etdi
Surxondaryoda $7,1 mlrdlik 44 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
/
Surxondaryoda $7,1 mlrdlik 44 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
O‘zbekistonda 1-martdan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-martdan nimalar o‘zgaradi