Koreyada o‘zbekistonlik elektriklar uchun yangi ish o‘rinlari ochildi

Ish o‘rinlari 50 ta bo‘lib, oylik maosh $1,75 ming etib belgilanadi

Koreyada o‘zbekistonlik elektriklar uchun yangi ish o‘rinlari ochildi

Workmall xususiy bandlik agentligi o‘zbekistonlik tajribali elektriklarni Janubiy Koreyada kemasozlik korxonasiga ishga taklif qilmoqda, deb xabar berdi Migratsiya agentligi.

Ish o‘rinlari 50 ta bo‘lib, ishchilar bilan doimiy mehnat shartnomasi tuziladi. Ish vaqti oyiga 264 soat bo‘lib, qo‘shimcha har bir soat uchun haq to‘lanadi. Oylik maosh 2 571 000 von ($1 750) ga teng. Ishchilar ish beruvchi tomonidan turar joy bilan bepul ta’minlanadi.

Nomzodlar 22−35 yosh oralig‘ida, sudlanmagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, bakalavr yoki undan yuqori darajadagi soha bo‘yicha diplomi va ushbu yo‘nalishda 1 yildan ortiq rasmiy ish tajribasi bo‘lishi kerak.

Nomzodlar saralash bosqichidan o‘tgandan so‘ng yoki ungacha bir-ikki oylik intensiv koreys tili kursida tilni o‘rganishi lozim (Migratsiya agentligi tomonidan Angren shahrida bir oylik o‘quv kurslari tashkil etilgan).

Ish beruvchi tomonidan sug‘urta bilan mehnat shartnomasi taqdim qilinadi. Shuningdek, ish vaqtida bir mahal ovqatlanish ham ish beruvchi hisobidan bo‘ladi.

Har bir nomzod Migratsiya agentligining Xorijda ish platformasida ro‘yxatdan o‘tadi. Mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Murojaat uchun xususiy bandlik agentligining telefon raqami: +99871 200 86 00

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt boʻyicha startaplarga $100 mln yoʻnaltiriladi
/
Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt boʻyicha startaplarga $100 mln yoʻnaltiriladi
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar qiymati tushdi
/
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar qiymati tushdi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga qo‘llanilgan asossiz jarimalar uchun javobgarlik joriy etiladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga qo‘llanilgan asossiz jarimalar uchun javobgarlik joriy etiladi