O‘zbekistonda 2024-yilda ilk marta elektr va gibrid avtomobillar importi benzinli avtomobillardan oshib ketdi

Asosiy eksport qiluvchi mamlakat — Xitoy

O‘zbekistonda 2024-yilda ilk marta elektr va gibrid avtomobillar importi benzinli avtomobillardan oshib ketdi

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatga 80 mingdan ortiq yengil avtomobil import qilingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati $1,27 mlrdni tashkil etgan. Asosiy eksport qiluvchi mamlakat — Xitoy. 

Benzinli avtomobillarning importi esa 32,98 ming donaga yetdi, bu 2023-yilga nisbatan 40%ga kamaygan. Shuningdek, xorijiy avtomobillarning o‘rtacha narxi $21,47 ming gacha tushgan.

Elektr avtomobillarining importi esa 16 mingdan 24 ming donagacha ko‘paygan, lekin umumiy qiymati 48,2%ga pasayib, $224,8 mln bo‘lgan. O‘rtacha narxi esa $9,33 minggacha arzonlashgan. 

Gibrid mashinalar importi 42%ga o‘sib, 17,48 ming donaga yetdi. Ularning umumiy qiymati $339,3 mln, o‘rtacha narxi esa $19,41 minggacha pasaygan.

2024-yil yakuniga ko‘ra, benzinli avtomobillarning importdagi ulushi 64,4%dan 44,2%gacha tushgan, elektr mashinalar 20%dan 32,3%gacha, gibridlar esa 15,3%dan 23,4%gacha ko‘tarilgan.

Bundan tashqari, 22 dona dizel avtomobil olib kelingan, bu oldingi yillarga qaraganda deyarli 7 barobar kam. Shu bilan birga, ularning umumiy import qiymati 45,9%ga oshib, $5 mln dan oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi