O‘zbekistonlik elektr montajchilar Buyuk Britaniyaga ishga taklif qilinmoqda
Ish haqi $4,4 mingdan boshlanib, 500 ta xodim qabul qilinadi
Migratsiya agentligi va “Skills Provision Ltd” kompaniyasi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari montajchilari uchun 500 ta ish o‘rniga tanlov e’lon qildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.
Montajchilardan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga rioya qilish, elektrotexnika-lineyik ishlarini bajarish, takelaj, blokirovka va podveskalarni o‘rnatish, yerlash va peremыchkalarni bajarish, joyida metall elementlarni almashtirish, texnik chizmalarni o‘qish hamda aniqlik, javobgarlik va jamoada ishlash talab etiladi.
Ish vaqti mavsumga qarab turlicha bo‘ladi. Xususan, qish oylarida haftasiga 39 soat, yoz oylarida esa haftasiga 60 soatni tashkil qiladi. Ish haqi soliqdan keyin taxminan 3,4 ming funt sterling ($4,4 ming)ga teng bo‘lib, qo‘shimcha ish uchun to‘lovlar ham bor.
Nomzodlar 23−45 yosh oralig‘ida bo‘lishi, “Elektrotexnika” yoki yaqin yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga, kamida 3 yillik tegishli ish tajribasi hamda B2 darajasidan kam bo‘lmagan ingliz tili bilimi (xalqaro sertifikat bilan)ga ega bo‘lishi talab etiladi. Malaka talablari esa 110 kV va undan yuqori bo‘lgan yuqori kuchlanishli havo liniyalarida tayanchlarni qurish, xizmat ko‘rsatish, yig‘ish, balandlikda ishlash hamda provodlarni tortish (tension/stringing) bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishdan iborat.
Ish beruvchi tomonidan mehnat vizasi xarajatlari, tibbiy sug‘urta va ish kunlarida yashash uchun kunlik 60 funt sterling (working away allowance — uydan uzoqda ishlaganlik uchun nafaqa) ta’minlanadi.
Ovqatlanish xarajatlari xodim hisobidan to‘lanadi. Ish joyiga yetib borish xarajatlarining 50% qismi ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi, Migratsiya agentligi ham bir qismini qoplab beradi.
Tanlovda qatnashish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.
Murojaat uchun telefon: 1282, 71 202−33−55 (ichki raqam 133 ish kunlarida).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ