O’zbekistondagi eksportyorlarni qo’llab-quvvatlash hajmi 32%ga oshdi

Korxonalar eksport hajmini $2 mlrdgacha oshirgan

O’zbekistondagi eksportyorlarni qo’llab-quvvatlash hajmi 32%ga oshdi

Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda eksportyorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash samaradorligi o’tgan yilga nisbatan 32%ga oshdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

Sarflangan har bir dollarga moliyaviy yordam uchun kompaniyalar $7,4lik mahsulot va xizmatlarni yetkazib berishdi. 2023-yilda bu ko‘rsatkich $5,6ni tashkil qilgan. 

Shuningdek, 2024-yil boshidan buyon 798 ta eksport korxonasi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Moliyaviy tashkilotlar eksport operatsiyalarini moliyalashtirish uchun yana $241 mln olgan.

Qo’llab-quvvatlash hajmining qisqarishiga qaramay, korxonalar eksportni 17,5%ga, qariyb $2 mlrdgacha oshirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2027-yilda sun’iy intellekt uchun 7 eksaflopsdan ortiq quvvatga ega klaster yaratiladi
/
O‘zbekistonda 2027-yilda sun’iy intellekt uchun 7 eksaflopsdan ortiq quvvatga ega klaster yaratiladi
O‘zbekiston va Iordaniya o‘zaro savdo hajmini $500 mlngacha yetkazishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Iordaniya o‘zaro savdo hajmini $500 mlngacha yetkazishni rejalashtirmoqda
OKMKga davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar uchun moliyaviy jarima qo‘llanildi
/
OKMKga davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar uchun moliyaviy jarima qo‘llanildi