O‘zbekistondan eksport yuk tashish qariyb 40% ga oshdi

Shuningdek, mamlakatga yetkazib berish bo‘yicha arizalar soni 4% ga oshdi

O‘zbekistondan eksport yuk tashish qariyb 40% ga oshdi

Birinchi chorakda yuk eksporti uchun arizalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39% ga, o‘rtacha narxlar esa 10% ga oshgan.

Ayniqsa, Rossiyaga yuklarni yetkazib berish bo‘yicha arizalar soni 34% ga, narxlar esa 8% ga oshdi. Shuningdek, Belarusga yuk tashishga qiziqish sezilarli darajada ko’paymoqda. 

Biroq, 2024-yilning to‘rtinchi choragiga nisbatan vaziyat aksincha: eksport buyurtmalari soni 30% ga, narxlar esa 15% ga kamaygan. Pasayish nafaqat mavsumiy omil bilan bog‘liq, yil boshida tashishga bo‘lgan talab odatda yangi yil arafasi so’ng pasayadi.

Import tashuvlari esa barqarorlikni ko’rsatmoqda. O‘zbekistonga yuklarni yetkazib berish bo‘yicha arizalar soni yillik hisobda 4% ga, narxlar esa 2% ga oshdi. O‘tgan yil oxiriga nisbatan ko‘rsatkichlar pasaygan: arizalar 13% ga kamaygan, narxlar esa 4% ga arzonlashgan. Bu ham mavsumiylik bilan izohlanadi.

Eng keskin o‘sish ichki tashuvlar bozorida qayd etildi, arizalar soni yillik hisobda 83% ga oshdi. Biroq, bu bozorning o‘sishi bilan emas, balki ishtirokchilar oddiy messenjerlar o‘rniga “ATI.SU” platformasidan faolroq foydalana boshlagani bilan bog‘liq. Shu bilan birga, o‘tgan chorakka nisbatan narxlar deyarli o‘zgarmadi va arizalar soni taxminan bir xil darajada qoldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi