Shavkat Mirziyoyev biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ekspert guruhlarining tarkibini tasdiqladi

Umumiy hisobda ekspert guruhlariga 49 nafar a’zo kiritilgan bo‘lib, ulardan 46 nafari tadbirkorlardir

Shavkat Mirziyoyev biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ekspert guruhlarining tarkibini tasdiqladi

O‘zbekiston Prezidentining 27-dekabr kuni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi huzurida ekspert guruhlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

20-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev faol tadbirkorlar bilan uchrashuvda IT, fintech, biznesni moliyalashtirish, eksport, turizm, xizmatlar ko‘rsatish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari bo‘yicha ekspert guruhlarini tashkil etishni taklif qilgan edi.

Umumiy hisobda ekspert guruhlariga 49 nafar a’zo kiritilgan bo‘lib, ulardan 46 nafari tadbirkorlardir. Qolgan a’zolar orasida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov va Jamoatchilik kengashi kotibi Sarvar Niyozov bor.

Ekspert guruhlariga quyidagi vakillar kiritilgan:

Yashil energetika, infratuzilma va xususiylashtirish sohasida:

  • Jamshid Shakirov – Uzbekistan Hydrogen Peroxide asoschisi;
  • Shavkat Jalolov – Agromir asoschisi;
  • Ulug‘bek Rahimov – Kids Plate Distribution asoschisi;
  • Ilhomjon Abdurahmonov – Paxtakor Teks rahbari.

Axborot texnologiyalari:

  • Ulug‘bek Rustamov – Click asoschisi;
  • Ilshat Xametov – Uzum Market bosh direktori;
  • Hikmatillo Nasrullayev – Realsoft asoschisi.

Biznesni moliyalashtirish, fintech va sug‘urta:

  • Shuxrat Ergashev – Orient Confection asoschisi;
  • Farhod Mamajonov – Prestij Rielt asoschisi;
  • Shuxrat Hamdamov – Sam Rafoat Tekstil asoschisi;
  • Suxrob Pulatov – Meros Pharm rahbari;
  • Zafarjon Mustafayev – Uzbek Leasing International bosh direktori;
  • Umidbek Safarov – Soliq Kalkulyatori asoschisi;
  • Murodjon Muhammadjonov – United Tax Advisors soliq maslahatchisi;
  • Sardor Abasxonov – Global Export Company asoschisi;
  • Denis Pavlenko – Ardena Sentral Asia asoschisi;
  • A.A. Qurbonov – International Business Audit and Consulting (IBAC) o‘rinbosar direktori.

Savdo, xizmatlar, xususiy ta’lim va turizm:

  • Jahongir Ortiqxo‘jayev – Akfa Group asoschisi;
  • Zafar Hashimov – Anglesey Food kuzatuv kengashi raisi;
  • Ravshan Ubaydullayev – Amirsoy asoschisi;
  • Husamiddin Qayumov – Mak Food Servis asoschisi;
  • Umid Irgashov – Feedup Eco asoschisi.

Qurilish va qurilish materiallari:

  • Fayzullajon Mirzayev – Orient Group Management asoschisi;
  • Murad Nazarov – Murad Buildings asoschisi;
  • Ulug‘bek Rasulov – Orient Ceramic asoschisi;
  • Hayrulla Ismatov – Demesne Trade LLC asoschisi;
  • Akmal Hasanov – Veritas Inter Lex rahbari.

Elektrotexnika:

  • Tohir Sharipov – Procab asoschisi;
  • Shoxrux Ro‘zqulov – Artel Engineering and Management bosh direktori;
  • Davronbek Ahmadov – Prae Legal rahbari.

Yengil sanoat:

  • Muzaffar Razakov – GTG Operation rahbari;
  • Jamshid Ismatullayev – Chust Textile asoschisi;
  • Abdulhoshim Ismoilov – Ravon Taraqqiyot Orzusi asoschisi;
  • Kamol Abdullayev – Sam Antep Gilam SP asoschisi;
  • Sherzod Jumayev – Navbahor Tekstil asoschisi.

Farmatsevtika va sog‘liqni saqlash:

  • Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev – Grand Pharm Trade asoschisi;
  • Ulug‘bek Haydarov – Farm Lyuks Invest asoschisi;
  • Nasimjon Komilov – Stdhealthmed asoschisi;
  • Ulug‘bek Mamatqulov – Samarkand-England eco-Medical asoschisi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati:

  • Azamat Sultanov – Buxoro Agroklaster asoschisi;
  • Shuxrat Ilhomov – NAVRO‘Z-PTK asoschisi;
  • Faxriddin Ilyosov – Ilyosov asoschisi;
  • Saidvali Nasretdinov – Agro Prodex Group rahbari;
  • Rahmatjon Abdullayev – Almerro Group asoschisi;
  • S.K. Salixov – Zafarxon asoschisi;
  • B.M. To‘xtaniyozov – TO‘XTANIYOZ-OTA rahbari.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi
/
“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi