Toshkentda “Eksimbank“ning mintaqaviy vakolatxonasi ochildi

Vakolatxonada bankning 8ta davlatdagi faoliyati yoritiladi

Toshkentda “Eksimbank“ning mintaqaviy vakolatxonasi ochildi

22-noyabr kuni Toshkentda Xitoy Eksport-import banki vakolatxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi xabar berdi.

Marosimda “Eksimbank”ning doimiy ko‘magi tufayli respublikada umumiy qiymati $3 mlrddan ortiq bo‘lgan 50 dan ortiq loyiha amalga oshirilgan. 

Shuningdek, Toshkentda “Eksimbank”ining vakolatxonasi yo’lga qo’yilishi O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy hamkorligi salohiyatini to‘liq ochishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Xitoyning eksport-import banki 1994-yilda tashkil topgan. Toshkentdagi mintaqaviy ofisi bankning 8 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyadagi faoliyatini yoritadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
/
“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
/
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi
/
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi