O‘zbekistonlik ayol “Dunyoning 100 Ayoli” ro‘yxatiga kirdi

Ro‘yxatda so‘nggi 12 oy ichida o‘z jamiyatida o‘zgarishlar qilayotgan ayollar joy olgan

O‘zbekistonlik ayol “Dunyoning 100 Ayoli” ro‘yxatiga kirdi

Buyuk Britaniyaning BBC nashri 2024-yil uchun dunyo bo‘ylab  katta ta’sirga ega va ilhomlantiruvchi 100 nafar ayol ro‘yxatini e’lon qildi

Ro‘yxatda so‘nggi 12 oy ichida o‘z jamiyatida o‘zgarishlar qilayotgan, katta muvaffaqiyatlarga erishgan yoki ilhomlantiruvchi hikoyalari bor ayollar joy olgan.

Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekistonlik Dilorom Yo‘ldosheva ham o‘rin olgan. Nashrning yozishicha, u ikki yil avval yig’im-terim paytida ikki oyog‘idan ayrilgan. Dilorom Yo‘ldosheva yangi kasb-hunarlarni o‘rganib, yosh o‘zbek ayollariga yordam berish maqsadida o‘zining tikuvchilik biznesini yo‘lga qo‘ydi. U tadbirkorlik va resurslarni boshqarish asoslarini o‘rganib, 40 dan ortiq shogird tayyorlagan. Bepul mashg‘ulotlar o‘tkaza boshladi. Ishchilar va maktab o‘quvchilari uchun kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi. Natijada, uning biznesi o‘zi va boshqa o‘nlab ayollar uchun daromad manbaiga aylandi.

Shuningdek, ro’yxatdan Nobel mukofoti sovrindori Nadiya Murod, jinsiy zo‘ravonlik qurboni va faol Jizel Peliko, aktrisa Sheron Stoun, olimpiyachilar Rebeka Andrade va Ellison Feliks, qo‘shiqchi Rey, rassom Treysi Emin, iqlim faoli Adenike Oladosu, yozuvchi Kristina Rivera Garsa va Qirg‘izistonlik Janilsinzat Turganbayevalar ham joy olgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bir nechta xalqaro texnologiya kompaniyalari O’zbekistonda o’z filiallarini ochishni rejalashtirmoqda
/
Bir nechta xalqaro texnologiya kompaniyalari O’zbekistonda o’z filiallarini ochishni rejalashtirmoqda
O’zbekistonda so‘nggi 10 oy ichida qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo’ldi
/
O’zbekistonda so‘nggi 10 oy ichida qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo’ldi
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O’zbekistonga 9 mln yevro grant ajratadi
/
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O’zbekistonga 9 mln yevro grant ajratadi