Qurilish vazirligi “Dream House Design” ning litsenziyasini bekor qilindi
Kompaniya qurayotgan Olmazor tumanidagi biznes markazi loyihasi shaharsozlik talablariga zidligi aniqlangan

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 2023-yil 2-avgust kuni “DREAM HOUSE DESIGN” MChJ faoliyatida shaharsozlik normalari va qoidalariga zid kamchiliklarni aniqladi. 2024-yil 21-fevralda fuqarolar tomonidan kelib tushgan shikoyatlar asosida ham o‘rganishlar o‘tkazildi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruv davomida ushbu shirkat tomonidan Olmazor tumanidagi “Farobiy” va “Hurriyat” ko‘chalarida qurilayotgan biznes markazi loyihasi shaharsozlik talablariga zid ekani ma’lum bo‘lgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining buyrug‘iga asosan, “DREAM HOUSE DESIGN” MChJning litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi. Biroq belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagani sababli, sud qaroriga binoan litsenziya 2025-yil 11-sentabrda bekor qilindi va reyestrdan olib tashlandi.
Vazirlik barcha tashkilotlarni litsenziya talablari va shaharsozlik normalariga qat’iy rioya etishga chaqiradi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ