Qoraqalpog’istondagi Dovut-ota chegara postida bojxona terminali ishga tushadi

6 gektarli terminalga 350tagacha yuk avtotransport vositalari joylashadi

Qoraqalpog’istondagi Dovut-ota chegara postida bojxona terminali ishga tushadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridan 450 km uzoqlikdagi “Dovut-ota” chegara bojxona postiga tutash hududda maydoni 6 gektar bo’lgan bojxona terminali qurilmoqda. Bu haqda bojxona qo’mitasi xabar berdi.

Hozirda asosiy konstruktiv, pardozlash va ichki muhandislik tarmoqlarini o‘tkazish ishlari yakunlanmoqda. Bu jarayonga 150 nafardan ziyod quruvchilar va 30dan ziyod maxsus qurilish texnikalari jalb etilgan.

Terminal ishga tushgach bir vaqtning o‘zida 350 tagacha yuk avtotransport vositasini joylashtirish imkoniyatiga ega temir-beton qoplamali avtoturargoh, haydovchilar uchun mexmonxona va oshxona, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchalari faoliyat yuritadi.

Terminal bilan bir vaqtda, “Qo‘ng‘irot-Beynau” yo‘nalishidagi 240 kilometr yo‘lning foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan avvalroq, Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo’lining 6 yil muddatda qurilishi haqda xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shveysariya Alisher Usmonov va Mixail Fridmanlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
/
Shveysariya Alisher Usmonov va Mixail Fridmanlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli axborot tizimi joriy etilishi mumkin
/
O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli axborot tizimi joriy etilishi mumkin
O‘zbekistonda kreditlar va depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari yaqin 3–4 yilda pasayishi mumkin
/
O‘zbekistonda kreditlar va depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari yaqin 3–4 yilda pasayishi mumkin