DABA tomonidan ikkita don korxonasi qariyb 58 mlrd so’mga sotildi

Xaridorlar “Sherbek kelajagi” kompaniyasi va jismoniy shaxs

DABA tomonidan ikkita don korxonasi qariyb 58 mlrd so’mga sotildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan kimoshdi savdosiga qo’yilgan don korxonalarining davlat ulushlari savdosining ikkinchi bosqichini yakunlandi.

G‘allakorlik korxonalaridagi ikkita davlat ulushi asosiy faoliyat turini kamida 5 yil davomida saqlab turish, don saqlash omborlarining sig‘imini kamaytirmaslik va qonun hujjatlariga muvofiq davlat zahirasida g‘alla hajmini saqlab qolish sharti bilan sotilgan. 

Shuningdek, “Sherbek kelajagi” kompaniyasi “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 93,5%ini 17,4 mlrd so‘mga sotib oldi. Xujabekov Shavkat Jumanovich “Jizzax don maxsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 94,4% aksiyasini 40,8mlrd so‘mga sotib oladi. 

Ayni paytda aksiyadorlarga “O‘zdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining to‘rtta sobiq bo‘linmasi aksiyalari taklif etilmoqda. 

Bular “Kogondonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 93%i, “Quva don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 51%i, “Xonqa don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 67,5%i va “Xorazmdonmahsulotlari”ning 92,2%.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Telegram Wallet” O’zbekistonda ofis ochishni rejalashtirmoqda
/
“Telegram Wallet” O’zbekistonda ofis ochishni rejalashtirmoqda
O’zbekistonda qishloq xo’jaligi texnikalarini import qilishda QQSni kechiktirish muddati qisqartirildi
/
O’zbekistonda qishloq xo’jaligi texnikalarini import qilishda QQSni kechiktirish muddati qisqartirildi
Jahon banki O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish prognozini 6%gacha yaxshiladi
/
Jahon banki O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish prognozini 6%gacha yaxshiladi