“UZEX” domenlarni onlayn sotish uchun platformani ishga tushirdi

Lotlarning boshlang‘ich narxi 200 mingdan 600 ming so‘mgacha o‘zgarishi mumkin

“UZEX” domenlarni onlayn sotish uchun platformani ishga tushirdi

2024-yil 14-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” domain.uzex.uz platformasi orqali domen nomlarini sotish bo‘yicha yangi savdo tizimini ishga tushirdi. Bu haqida birja o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qilgan

Ushbu platformada “.UZ” domen zonasidagi talab yuqori bo‘lgan, bo‘shagan harflar va raqamlar kombinatsiyasiga ega domen nomlari onlayn-ausion orqali boshlang‘ich narxni oshirish prinsipi asosida sotiladi.

Domen nomlarini joylashtirish bilan “UZINFOCOM” yagona integratori shug‘ullanadi. Barcha domenlar to‘rt toifaga bo‘lingan: ikki belgili, uch belgili, to‘rt belgili va premium sinfdagi uzunroq nomlar.

Lotlarning boshlang‘ich narxi 200 mingdan 600 ming so‘mgacha o‘zgaradi. Premium toifada qiymatli domen nomlarini tanlash sun’iy intellekt tomonidan amalga oshiriladi. U kalit so‘zlarning mashhurligi, dolzarb tendensiyalar va domen ahamiyatini hisobga oladi.

Ausionlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida ular Token.uz blokcheyn platformasi bilan integratsiya qilinadi, bu yerda bitimlar haqida ma’lumotlar saqlanadi. Tushgan mablag‘ning bir qismi xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi.

Mazkur platformaning yaratilishi joriy yilning aprel oyida “UZEX” va “UZINFOCOM” o‘rtasida imzolangan memorandum natijasi hisoblanadi. Hujjat, shuningdek, kiberxavfsizlik masalalarida hamkorlikni nazarda tutadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
/
“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
/
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi
/
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi