O‘zbekistonda to‘y va marosimlar qat’iy nazoratga olinadi

2026−2030-yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilindi

O‘zbekistonda to‘y va marosimlar qat’iy nazoratga olinadi

O‘zbekistonda 2026−2030-yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilinadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan.

Bunda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar belgilangan tartibda o‘tkazilishi qat’iy nazoratga olinadi.

Shuningdek:

  • aholi ehtiyojiga yetarli darajada va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish choralari ko‘riladi;
  • aholi orasida o‘rtacha kunlik ratsional ovqatlanish normativlari asosida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tushuntirish tadbirlari o‘tkaziladi;
  • oziq-ovqat mahsulotlaridan hosil bo‘lgan chiqindilar qayta ishlash korxonalariga topshirilishi ta’minlanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda ilg‘or xorijiy mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligi hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha tajribalarini o‘rganiladi. Qishloq mahsulotlarini turlarga ajratgan holda saqlash tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ekologiya vazirligi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga umumiy ovqatlanish korxonalarining atmosfera havosiga salbiy ta’sirini kamaytirishga oyd talablarni kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Bundan tashqari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgaliqda 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

  • oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yotishtirishda organik o‘g‘itlarni qo‘llash tizimini kengaytirish;
  • umumiy ovqatlanish korxonalaridagi oqova suv tizimlariga yog‘-moy tutgich uskunalarini o‘rnatish orqali chiqindi yog‘-moylardan ikkilamchi xomashyo (xo‘jalik sovunlari, hayvon ozuqalari va boshqalar) ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi.

Kapital.uz ayni shu qaror bilan “Oqilona iste’mol” dasturi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergandi. Dastur doirasida yirik savdo markazlari va oziq-ovqat do‘konlariga kirish joylarida iste’mol muddati tugash arafasida bo‘lgan mahsulotlar rastalarini tashkil etiladi. Iste’mol qilish muddati tugash arafasida bo‘lgan mahsulotlar narxini har 10 kunda pasaytirib boriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Veolia Energy Tashkent isitish va issiq suv uchun to‘lovlarni ikkiga ajratadi
/
Veolia Energy Tashkent isitish va issiq suv uchun to‘lovlarni ikkiga ajratadi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarilishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarilishda davom etmoqda
O‘zbekistonda aloqa operatorlariga xalqaro internet-kanallarga bevosita ulanish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda aloqa operatorlariga xalqaro internet-kanallarga bevosita ulanish huquqi beriladi