AQSh dollarlarida ilk bor Donald Tramp imzosi paydo bo‘ladi

Yangilangan $100 kupyuralarni chop etish 2026-yil iyun oyida boshlanadi

AQSh dollarlarida ilk bor Donald Tramp imzosi paydo bo‘ladi

2026-yil yozidan boshlab AQSh dollar kupyuralarida amaldagi prezident Donald Trampning imzosi paydo bo‘ladi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyidan $100 nominaldagi yangi banknotlar chop etila boshlaydi. Unda Donald Tramp va Moliya vaziri Skott Bessentning imzolari aks etadi. Keyingi bosqichlarda boshqa nominaldagi kupyuralar ham yangilanadi.

Yangi pullar chiqarilgandan so‘ng bir necha hafta ichida bank tizimi orqali muomalaga kiritiladi.

Mazkur o‘zgarish AQSh mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan. Shu bilan birga, 1861-yildan beri ilk bor banknotlardan AQSh g‘aznachisi imzosi olib tashlanadi. Avval barcha dollar kupyuralarida Moliya vaziri va g‘aznachi imzosi bo‘lishi majburiy edi.

Rasmiylarga ko‘ra, kupyuralarning umumiy dizayni o‘zgarmaydi — faqat imzolar yangilanadi. AQSh qonunchiligi tangalarda tirik shaxslar tasvirini qo‘llashni taqiqlasa-da, banknot dizayniga o‘zgartirish kiritish vakolati Moliya vazirligiga berilgan.

Hozirda esa AQShda avvalgi Moliya vaziri Janet Yellen va sobiq g‘aznachi Linn Malerba imzolari tushirilgan kupyuralar muomalada qolmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yangi uy sotib olganlik uchun keshbek joriy etilishi mumkin
/
O‘zbekistonda yangi uy sotib olganlik uchun keshbek joriy etilishi mumkin
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sdi
Markaziy bank 1 mlrd so‘mdan ortiq naqd tushumlarni yuqori xavfli operatsiya deb tan olishi mumkin
/
Markaziy bank 1 mlrd so‘mdan ortiq naqd tushumlarni yuqori xavfli operatsiya deb tan olishi mumkin