2024-yilning dekabrida ham ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasaydi

Xorijiy yengil avtomobillar va elektromobillar savdosida o‘sish kuzatilgan

2024-yilning dekabrida ham ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasaydi

O‘zbekistonda 2024-yilning dekabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasayishda davom etdi va bu o‘rtacha narxlarda o‘z aksini topgan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tahlilida ma’lum qilindi.

O‘tgan yilning dekabr oyida ko‘p va o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobil narxlari noyabr oyiga nisbatan pasaygan bo‘lsa, kam foydalanilganlar narxida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. 

Xususan, o‘rtacha foydalanilgan avtomobillar:

  • Onix — $14 mingdan $13,5 mingga arzonlashdi (3.6%).
  • Cobalt — $12,5 mingdan $12,3 mingga arzonlashdi (1.6%).
  • Nexia — $11,5 mingdan $11,4 mingga arzonlashdi (0.9%).
  • Spark — $10,4 mingdan $10,3 mingga arzonlashdi (1.0%).
  • Damas — $8,1 mingdan $8 mingga arzonlashdi (1.2%).

Ko‘p foydalanilgan avtomobillar:

  • Onix — $13,6 mingdan $13 mingga arzonlashdi (4.4%).
  • Lacetti — $13,5 mingdan $13,3 mingga arzonlashdi (1.3%).
  • Cobalt — $11,8 mingdan $11,7 mingga arzonlashdi (0.8%).
  • Spark — $9,34 mingdan $9,3 mingga arzonlashdi (0.5%).
  • Damas — $7,5 mingdan $7,3 mingga arzonlashdi (11%).

Mazkur davrda “Malibu” hamda “Tracker” avtomobil narxlari pasaygan bo‘lsa, “Equinox” narxida biroz o‘sish kuzatildi.

Yangi BYD E2 ($17,1 ming) va Song Plus EV Champion ($28,5 ming) elektromobillari 1,7%ga, BYD Han ($32,5 ming) hamda Yuan Up ($21 ming) elektromobillari mos ravishda 1,2% va 1,9% ga arzonladi. 

O‘rtacha foydalanilgan elektromobillardan BYD E2 ($15,9 ming) va Han ($34,5 ming) o‘rtacha narxlari mos ravishda 0,8% va 4,2% ga pasaygan bo‘lsa, BYD Song Plus EV Champion ($26,6 ming) hamda Yuan Up ($20,5 ming) narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ko‘p foydalanilgan BYD E2 ($15,2 ming), Han ($31,7 ming) va Song Plus EV Champion ($24,05 ming) o‘rtacha narxlari esa mos ravishda 3%, 1,8% va 5,3% ga qimmatlashdi. 

Chevrolet Monza va Kia Sportage o‘rtacha narxlari pasaygan bo‘lsa, Kia K5, Seltos va Hyundai Tucson avtomobili o‘rtacha narxlarida o‘sish kuzatildi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Deputatlar O‘zbekistonda islomiy banklar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
/
Deputatlar O‘zbekistonda islomiy banklar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
2026-yildan IT-Park kompaniyalari $500 minggacha xorijiy xizmatlarga to‘lov qilishi mumkin
/
2026-yildan IT-Park kompaniyalari $500 minggacha xorijiy xizmatlarga to‘lov qilishi mumkin
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun $355 mln ajratadi
/
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun $355 mln ajratadi