Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi

Xaridor — 2026-yil yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan qurilish kompaniyasi hisoblanadi

Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan Davlat xizmatlari agentligiga tegishli to‘rt qavatli bino elektron auksion orqali sotildi. Bu haqda E-auksion platformasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Auksion 5-fevral kuni o‘tkazilib, 15 daqiqa davom etdi. Savdoda faqat bitta ishtirokchi — Ulugbek-Home kompaniyasi qatnashib, obyekt uchun 51,56 mlrd so‘m taklif qildi. Natijada yakuniy narx boshlang‘ich qiymatdan 5% ga yuqori bo‘ldi.

Yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur kompaniya 2026-yil yanvar oyida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, asosiy faoliyati turar joy binolari qurishdan iborat.

Kompaniyaning ustav kapitali 1 mln so‘mni tashkil etadi. Uning yagona ta’sischisi Ulug‘bek Eshpulatov bo‘lib, u EUO Home, Ulugbek Residence, Otabek-Residence va Hayotbek-Residence kabi boshqa qurilish loyihalarini ham boshqaradi.

Sotilgan bino Amir Temur shohko‘chasida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 4 210 kvadrat metrni, yer maydoni esa 0,17 gektarni tashkil etadi. Obyekt barcha zarur muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan. Boshlang‘ich narx 49,1 mlrd so‘m etib belgilangan edi.

Bitim shartlariga ko‘ra, yangi egasi binoni shaharsozlik talablariga muvofiq ofis va servis markazlariga moslashtirishi lozim. Davlat xizmatlari agentligi esa yana uch yil davomida ushbu binoda faoliyat yuritadi, shundan so‘ng “Yangi Toshkent” hududiga ko‘chib o‘tadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi
/
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi
Deputat banklardagi yuqori penya va jarimalar bo‘yicha Markaziy bankka so‘rov yubordi
/
Deputat banklardagi yuqori penya va jarimalar bo‘yicha Markaziy bankka so‘rov yubordi
O‘zbekiston Pokistonda mis va oltin konlarini o‘rganish ishlarini amalga oshiradi
/
O‘zbekiston Pokistonda mis va oltin konlarini o‘rganish ishlarini amalga oshiradi