Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarida 3,5 mlrd so‘mga yaqin qonunbuzarlik aniqladi

Xususan, Surxondaryoda Sharg'un Ko‘mir” buyurtmachiligida 1,8 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan tanlovda raqobatga oid qoidalar buzilgan

Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarida 3,5 mlrd so‘mga yaqin qonunbuzarlik aniqladi

Mamlakatda 3,5 mlrd so‘mga yaqin davlat xaridlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi.

Qo’mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan “Sharg’un Ko‘mir” AJ buyurtmachiligida o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 1,8 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan tanlovda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining savdolarga oid qismini buzilishi holatlari aniqlandi.

Natijada buyurtmachiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, Maxsus komissiya tomonidan qonunbuzilishini bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berildi hamda moliyaviy jarima hisoblandi.

Shuningdek, Angor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan tanlov savdolarida raqobatga zid holatlar aniqlandi.

Ushbu qonunbuzarlik asosida Maxsus komissiya tomonidan ish qo‘zg‘atilib, buyurtmachi tashkilot mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rish uchun tegishli sud organiga ma’lumot yuborildi.

Jizzax viloyatida esa Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali tomonidan “Ofis jihozlarini xarid qilish” bo‘yicha o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 401 mln so‘mlik tanlov savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilganligi aniqlandi.

Natijada buyurtmachiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, Maxsus komissiya tomonidan qonunbuzilishini bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilib, buyurtmachi mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib sud organlariga yuborildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

1-yanvardan barcha turdagi ishonchnomalarni onlayn rejimda tekshirish platformasi yaratiladi
/
1-yanvardan barcha turdagi ishonchnomalarni onlayn rejimda tekshirish platformasi yaratiladi
Germaniya kansleri: JST o‘z vazifasini bajarishni to‘xtatdi
/
Germaniya kansleri: JST o‘z vazifasini bajarishni to‘xtatdi
O‘zbekistonda dollar kursi keskin pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi keskin pasaydi