O‘zbekistonda davlat banklari umumiy kreditlarning qariyb 68% ini tashkil etmoqda

Eng yirik kredit portfeliga ega banklar orasida O‘zmilliybank va Agrobank yetakchilik qilmoqda

O‘zbekistonda davlat banklari umumiy kreditlarning qariyb 68% ini tashkil etmoqda

O‘zbekiston tijorat banklarining 2025-yil 1-oktabr holatiga moliyaviy ko‘rsatkichlari e’lon qilindi.

Banklarning umumiy kredit portfeli 582,21 trln so‘m, jami depozitlari esa 371,45 trln so‘mni tashkil etdi. Natijada bank tizimida Kredit-Depozit nisbati (LDR) 156,7% bo‘lib, bu kreditlashning depozit bazasiga nisbatan yuqori darajada qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Jami kreditlarning 64,16%  qismi yoki 373,57 trln so‘mi yuridik shaxslarga ajratilgan. Jismoniy shaxslar ulushi esa 35,84% (208,64 trln so‘m) ni tashkil etadi. Depozitlarda ham shunga o‘xshash nisbat saqlanib, yuridik shaxslar hissasi 61,21% (227,36 trln so‘m), jismoniy shaxslar hissasi esa 38,79% (144,09 trln so‘m) ga teng.

Davlat ulushi mavjud banklar umumiy kredit portfelining 67,8% (394,91 trln so‘m) ini va depozitlarning 52,3% (194,17 trln so‘m) ini tashkil qilmoqda. Ularning o‘rtacha LDR ko‘rsatkichi 203,4% bo‘lib, bu davlat resurslariga yuqori darajada tayanilayotganini anglatadi.

Eng yirik kredit portfeliga ega banklar orasida O‘zmilliybank (104,83 trln so‘m) va Agrobank (73,74 trln so‘m) yetakchilik qilmoqda.

Xususiy va xorijiy kapital ishtirokidagi banklar kreditlarning 32,2% (187,30 trln so‘m) ni, depozitlarning esa 47,7% (177,29 trln so‘m) ni shakllantirgan. Bu toifadagi banklarda LDR ko‘rsatkichi 105,6% bo‘lib, ular kreditlashni asosan o‘z depozit bazasi hisobidan moliyalashtirmoqda.

Hamkorbank (19,82 trln so‘m) va Kapitalbank (19,00 trln so‘m) kredit hajmi bo‘yicha xususiy segmentda yetakchi bo‘lsa, Kapitalbank jismoniy shaxslar depozitlari bo‘yicha 10,15 trln so‘m bilan birinchi o‘rinda turadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
/
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi 10 mlrd yevrodan ortiq qiymatga ega yangi loyihalarni amalga oshiradi
/
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi 10 mlrd yevrodan ortiq qiymatga ega yangi loyihalarni amalga oshiradi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 16,5% ga tushirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 16,5% ga tushirdi