O‘zbekiston davlat organlarining rasmiy saytlari yagona platformaga birlashtiriladi

Tartib 2025-yil 1-martdan boshlab amalga oshiriladi

O‘zbekiston davlat organlarining rasmiy saytlari yagona platformaga birlashtiriladi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2025-yil 31-yanvarda “Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 54-sonli qarorni qabul qildi.

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari o‘z rasmiy saytlarini Hukumat portalining Yagona platformasi orqali yuritadi.

Yagona platformadagi saytlarning texnik qoʻllab-quvvatlashi va xizmat koʻrsatish xarajatlari davlat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, Davlat budjeti hamda qonuniy boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

Shuningdek, “Kiberxavfsizlik markazi” va Raqamli texnologiyalar vazirligi har olti oyda platformaning kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini tekshirib boradi va doimiy monitoring olib boradi.

Davlat organlari nashr etiladigan ma’lumotlarni o‘zbek va qaraqalpoq tillarida taqdim etadi. Zarurat tug‘ilganda, boshqa tillarda ham ma’lumotlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi
/
O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi
Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
/
Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi
/
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi