O‘zbekistonda davlat byudjeti daromadlari 144,2 trln so‘mni tashkil etdi

Jami xarajatlarning 49,8%i ijtimoiy sohalarga yo‘naltirildi

O‘zbekistonda davlat byudjeti daromadlari 144,2 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi yarim yilligida davlat byudjetidan ijtimoiy sohalarga 86,2 trln so‘m yo‘naltirildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan mablag‘ 2024-yilning mos davriga nisbatan 12,1 trln so‘mga ko‘p bo‘lib, jami xarajatlarning 49,8% ini tashkil etdi.

Umuman, hisobot davrida Davlat byudjeti daromadlari 144,2 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,2% ga oshdi va deyarli barcha soliq turlari bo‘yicha belgilangan reja ko‘rsatkichlari to‘liq bajarildi.

Shu bilan birga, byudjet xarajatlari 173,3 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16% ga o‘sgan.

Bunda, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirish hamda fuqarolar uchun munosib sharoitlar yaratish davlat moliyaviy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida saqlanib qolayotgani deputatlar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Markaziy banki kurs tebranishlarini kengaytirishga ruxsat berdi
/
O‘zbekiston Markaziy banki kurs tebranishlarini kengaytirishga ruxsat berdi
Ai-80 benzinidan voz kechish inflyatsiyani kuchaytirishi mumkin — Markaziy bank
/
Ai-80 benzinidan voz kechish inflyatsiyani kuchaytirishi mumkin — Markaziy bank
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi