Prezident: O‘zbekistonda 70% davlat xarajatlari barqaror rivojlanishga sarflanmoqda

Bunday maqsadlarga global miqyosda yetish uchun $4 trlndan ziyod mablag‘ kerak bo‘ladi

Prezident: O‘zbekistonda 70% davlat xarajatlari barqaror rivojlanishga sarflanmoqda

Prezident Mirziyoyev O‘zbekistonda davlat xarajatlarining 70% dan ortig‘i Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun sarflanayotganini ta’kidladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bilan birga, global miqyosda ushbu maqsadlarga erishish uchun rivojlanayotgan davlatlarga yiliga $4 trlndan ziyod mablag‘ zarur.

Bunday sharoitda xavf-xatarlarni obyektiv baholash, moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha “kambag‘allikka qarshi kurashning yangi moliyaviy arxitekturasi”ga ehtiyoj sezilmoqda.

Ushbu masalalarga yechim topish maqsadida Prezidentimiz 2026-yilda ko‘hna Xiva shahrida xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va hamkor davlatlar ishtirokida yuqori darajadagi konferensiya o‘tkazishni taklif qildi.

Bir narsaga aminman: O‘zbekiston ortga qaytmas islohotlar yo‘lidan qat’iy borib, kambag‘allikni qisqartirish borasida ham, Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishish bo‘yicha ham barcha majburiyatlarini bajarishga harakat qiladi, — dedi so‘zining yakunida davlatimiz rahbari va anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Shvetsariyaning yirik oltin yetkazib beruvchilaridan biriga aylandi
/
O‘zbekiston Shvetsariyaning yirik oltin yetkazib beruvchilaridan biriga aylandi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasayishda davom ettirmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasayishda davom ettirmoqda
1-noyabrdan talabalarga “ijara puli”ni Yagona portal orqali qaytarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
/
1-noyabrdan talabalarga “ijara puli”ni Yagona portal orqali qaytarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi