Fan olimpiadalari g’oliblariga beriladigan mukofotlar daromad solig’idan ozod etiladi

Olimpiada natijalari statistikasini yuritadigan elektrom platforma ishga tushiriladi

Fan olimpiadalari g’oliblariga beriladigan mukofotlar daromad solig’idan ozod etiladi

Asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar, ularning o’qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to’lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg’alar daromad solig’idan ozod etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi prezident qaroriga muvofiq Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag’batlantirish tartibi joriy etiladi. 

2025-yil 1-dekabrgacha esa xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, onlayn fan olimpiadalarini tashkil qilish va o’tkazish hamda olimpiadalar ishtirokchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beruvchi elektron platforma yaratiladi.

O’zbekistonda o’tkaziladigan buyuk allomalar nomi bilan ataladigan xalqaro fan olimpiadalari to’g’risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan, mahalliy va xorijiy o’quvchilarning ushbu olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tishlarini ta’minlaydigan maxsus sayt ishga tushiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

IT va fintech kompaniyalarga R&D uchun bojxona imtiyozlari beriladi
/
IT va fintech kompaniyalarga R&D uchun bojxona imtiyozlari beriladi
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob
/
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
/
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi