Farg‘onada mis va alyumin simlar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil qilinadi
Unga $10 mln miqdorida xorijiy investitsiya kiritiladi

Foto: Farg’ona viloyati matbuot xizmati
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida mis va alyumin simlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
18-iyul kuni Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tojikistonlik investor Shuxradjon Ashurmatov va uning farg‘onalik hamkori Fotima Imomovani qabul qildi.
Muloqotda Dang‘ara tumanida “Osiyo kabellari” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan mis va alyumin simlar ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi. Loyiha to‘g‘ridan to‘g‘ri $10 mln miqdoridagi xorijiy investitsiya hisobiga moliyalashtirilayotgan bo‘lib, uni amalga oshirish natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ