“UzAuto Motors” “Chevrolet Cobalt” va “Chevrolet Cobalt Midnight” avtomobillariga yana shartnomalar ochiladi 

Shartnomaga to‘lovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan hajmlar qayta kontraktatsiyaga qo‘yiladi

“UzAuto Motors” “Chevrolet Cobalt” va “Chevrolet Cobalt Midnight” avtomobillariga yana shartnomalar ochiladi 

“UzAuto Motors” 11 dekabr soat 10:00 dan boshlab “Chevrolet Cobalt” va “Chevrolet Cobalt Midnight” avtomobillarining kontraktatsiyasi boshlanishini e’lon qildi.

Shartnomaga to‘lovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan hajmlar qayta kontraktatsiyaga qo‘yilishini ma’lum bo’ldi.

Avtomobillar narxi bir xil bo’lib qoladi. “Chevrolet Cobalt” va “Chevrolet Cobalt Midnight” sotib olish bo’yicha shartnomalar faqat savdo.uzavtosanoat.uz veb-sayti orqali onlayn tarzda tuzilishi mumkin. Telegram bot va “UzAvtosavdo” ilovasi faqat navbatni kuzatish va avtomobillar mavjudligi haqida ma’lumot olish uchun ishlatiladi.

Eslatib o’tamiz, “Cobalt GX-Style at Plus” narxi  —147,9 mln so’m, “Cobalt Midnight” narxi esa — 155,2 mln so’m.

Shuningdek, avtomobillarni sotib olish bo’yicha tuzilgan shartnomalar bo’yicha to’lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi kerak.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident Buxoroda 7,8 mlrd dollarlik 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berdi
/
Prezident Buxoroda 7,8 mlrd dollarlik 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berdi
Buxoroda $105 mlnlik turizm markazi quriladi
/
Buxoroda $105 mlnlik turizm markazi quriladi
Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi