Toshkent shahrida foydalanishga topshirilgan uy-joylar va oldi-sotdi bitimlari soni 2024-yilda kamaygan

Ammo uy-joyga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolmoqda

Toshkent shahrida foydalanishga topshirilgan uy-joylar va oldi-sotdi bitimlari soni 2024-yilda kamaygan

2023-yilgacha turar-joy bozoridagi yuqori talab narxlarning sezilarli o‘sishiga qaramay, 2024-yilga kelib ko‘pchilik xaridorlar shaxsiy jamg‘armalardan foydalangan va avvalgi hajmda yangi shartnomalar tuzmagan. Bu haqda “Commonwealth Partnership Uzbekistan” (“CMWP”) konsalting kompaniyasi tahlilchilari Toshkentning 2024-yildagi turar-joy bozori bo‘yicha tadqiqotlarini taqdim etdi

Shu sababli, ko‘chmas mulk bozorida qiziqish saqlanib qolganiga qaramay, bozor “korreksiya” bosqichiga o‘tdi. Bu narxlarning barqarorlashuvi yoki ularning mo‘tadil pasayishi bilan ifodalanib, xaridorlarning joriy moliyaviy imkoniyatlariga mos kelmoqda.

“Bizning fikrimizcha, savdo va narxlar 2025-yilda barqaror bo‘lib qoladi, ammo 2022 va 2023-yillardagi o‘sish ko‘rsatkichlariga yetmaydi. Bu 2024-yilning to‘rtinchi choragiga ham taalluqli”, — deydi “CMWP” tahliliy guruhi rahbari Aleksey Letunovskiy.

Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozorida kvadrat metrning o‘rtacha narxi $1 216 ni tashkil qilmoqda. Yangi qurilgan turar-joylarda esa bir kvadrat metri o‘rtacha $1251 ga sotilgan. 

Hisobotda aytilishicha, 50−60 kvadrat metrlik kvartiralar uchun o‘rtacha narx $82,060 dan $99,174 gacha o‘zgaradi.

Biznes-klass kvartiralar uchun ijaraning o‘rtacha narxi bir kvadrat metr uchun $17, premium-klass uchun esa $22 ni tashkil etdi. Biroq, real narxlar ko‘pincha ko‘rsatilgan narxlardan past bo‘ladi, masalan, ijara shartnomasi tuzishda ijarachilar narxni o‘rtacha 23% ga pasaytiradi.

CERIR ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil avgust oyida kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara stavkasi $8,25 ni tashkil etdi. Biznes va premium-klass kvartiralarning standart maydonlariga qayta hisoblanganda, bu mos ravishda $635 va $767 ni tashkil etadi, bu bozor narxlaridan 25−30% ga past.

“Stavkalarning pastligi sabablaridan biri ijarachilarning soliq to‘lovlarini minimallashtirish istagi hisoblanadi”, — deyiladi “CMWP” hisobotida.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2030-yilgacha kamida 100 ta “Yangi O‘zbekiston” massivini quriladi
/
2030-yilgacha kamida 100 ta “Yangi O‘zbekiston” massivini quriladi
O‘zbekistonda to‘rt kunlik o‘sishdan keyin dollar kursi pasayib ketdi
/
O‘zbekistonda to‘rt kunlik o‘sishdan keyin dollar kursi pasayib ketdi
Oʻzbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi
/
Oʻzbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi