O‘zbekistonda chorvachilik va parrandachilik sohasidagi tadbirkorlarga QQS ning 50% qaytariladi

Tartib savdodan olingan daromadi kamida 90% bo‘lgan xo‘jaliklarga amal qiladi

O‘zbekistonda chorvachilik va parrandachilik sohasidagi tadbirkorlarga QQS ning 50% qaytariladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni chorvachilik va parranda boqish sohalarini qo‘llab-quvvatlash va ushbu sohalarda yuqori qo‘shimcha qiymat yaratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Qarorda ko‘ra, 2025-yilda taxminan 3,19 mln tonna chorva go‘shti, 1 mln tonna parranda go‘shti, 13,12 mln tonna sut va 10,5 mlrd tuxum ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Ushbu yil uchun parranda boqish mahsulotlarini eksporti $180 mlnni tashkil etadi, shu jumladan, $95 mlnlik parranda go‘shti va $69 mlnlik tuxum eksport qilinadi. 

Bundan tashqari, parranda boqish xo‘jaliklari va aholi o‘rtasida kooperatsiya o‘rnatish orqali 1 mln kishilik ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. 

2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parranda boqish xo‘jaliklari uchun 50% qo‘shimcha qiymat solig‘ini qaytarish (keshbek) mexanizmi joriy etiladi. Bu tartib chorvachilik va parranda go‘shti, sut, tuxum va parranda go‘shtining savdosidan olingan daromadi kamida 90% bo‘lgan xo‘jaliklarga taalluqli.

2028-yil 1-yanvargacha, parranda boqish va chorvachilik xo‘jaliklarida ishlatiladigan transport vositalariga bojxona boji kamaytiriladi. 5−20 tonna yuk tashuvchi mashinalar uchun boj stavkasi hozirgi 70% va 3 dollar o‘rniga tannarxning 5% ini hamda dvigatelning kub santimetri uchun $1,2 ni  tashkil etadi.

Chorvachilik xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari 2028-yilgacha uzaytirildi. Shu muddatgacha ular foyda, mol-mulk, yer va suv resurslari uchun soliqlarni 50% pasaytirilgan stavkada to‘lashni davom ettiradilar.

Bundan tashqari, veterinariya dori-darmonlarini ro‘yxatga olish va tegishli guvohnomalar berish uchun xizmatlar to‘lovi bekor qilinadi. Bu chorvachilik, shu jumladan, qoramol, qo‘y, echki va zotli otlar uchun embrionlarni urug‘lantirish dori-darmonlariga taalluqli. Davlat veterinariya laboratoriyalarida qo‘llaniladigan diagnostik test-komplektlar ham bepul bo‘ladi.

Avvalroq, Prezident Mirziyoyev parrandachilik va chorvachilikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishgani, unda yuqoridagi prognozlar haqida so‘z borgani haqida xabar berilgan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar