O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ko‘proqqa sotildi

Eng arzonining narxi 1,9 mln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ko‘proqqa sotildi

O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqami 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi. Bu haqda Respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

1-iyul kuni savdo platformasida 771 ta avtoraqam sotilgan. Shundan 755 tasini jismoniy shaxslar, qolgan 16 tasini esa yuridik shaxslar sotib olgan.

Shu kuni sotilgan eng arzon avtoraqam qiymati 1,9 mln so‘m bo‘lgan. Eng qimmat avtoraqam qiymati esa 803,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bitimni yakunlash uchun xaridor to‘lovni amalga oshirishi va IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida avtoraqamni rasmiylashtirishi kerak.

Bundan avvalgi eng qimmat “chiroyli” avtoraqam 20-may kuni 722,3 mln so‘mga sotilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank OneID tizimidagi uzilishlar bo‘yicha vaziyatga izoh berdi
/
Markaziy bank OneID tizimidagi uzilishlar bo‘yicha vaziyatga izoh berdi
Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi
/
Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi
/
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi