O’zbekistonga 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurilishiga taxminan $1,3 mlrd ajratiladi

Loyihalarni 2025-2027 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan

O’zbekistonga 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurilishiga taxminan $1,3 mlrd ajratiladi

O’zbekistonda 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurilishi va chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilgan, buning uchun taxminan $1,3 mlrd ajratiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi

Shuningdek, Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasining $350 mln to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyasi hisobidan Andijon va Toshkent viloyatlarida 2 ta zavod barpo etiladi. Ularda kuniga 4 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga 630 mln kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Shu bilan birga, Xitoyning yana bir kompaniyasi  “Shanghai SUS Environment” ham $310 mln to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritib, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 2 ta zavod qurishni rejalashtirgan. Ularda kuniga 3 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga 480 mln kilovatt soat elektr energiyasi olinadi.

Birlashgan Arab Amirliklari “Tadweer Group” kompaniyasining $200 mln mablag‘iga Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun bitta zavod quriladi. Unda kuniga 1 ming 500 tonna chiqindini qayta ishlash va yiliga 363 mln  kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati yaratiladi.

Koreya Respublikasining “Sejin” kompaniyasi ishtirokidagi loyihada $55 mlnga Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maishiy chiqindi poligonida hosil bo‘ladigan gazdan muqobil elektr energiyasi olish yo‘lga qo‘yiladi. Uning quvvati 16 megavatt bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Bu loyihalar natijasida yiliga 4,7 mln tonnadan ortiq chiqindi yoqilib, 2 mlrd 100 mln kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib $97 mln qiymatidagi elektr energiyasi sotilishi rejalashtirilgan. 

Loyihalar 2025-2027 yillarda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Kapital.uz” avvalroq Jizzaxda chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurilishi haqda yozgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
/
Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
/
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi
/
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi