Namanganda chiqindi tashish korxonasi aholidan 11 mlrd so’mni asossiz olgan

Bu ish yuzasidan korxonaga nisbatan ish qo’zg’atildi

Namanganda chiqindi tashish korxonasi aholidan 11 mlrd so’mni asossiz olgan

Raqobat qo’mitasi fuqarolardan kelgan murojaatlar asosida Namangandagi “Namangan Musaffo Iqlim” MChJning ish faoliyatini o’rgandi. Korxona tomonidan fuqarolardan asossiz mablag‘ olish holatlari kuzatilgan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi korxona joriy yilning birinchi yarmida maishiy chiqindi tashish xizmatlari bo‘yicha qonun talablariga rioya etganligi o‘rganildi.

Bunda korxonaning Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Namangan va Mingbuloq tumanlari MFYlaridagi iste’molchi abonentlar-xonadonlariga xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha olingan dalolatnomalar tahlil qilindi.

O’rganish orqali, viloyatning 6ta hududida joylashgan 275ta MFYda 1,3 mlnga yaqin aholi istiqomat qilishiga qaramay, tashkilot tomonidan hududda 176ta MFYdagi 633 598 nafar aholi (50,8%) qamrab olinmaganligi hamda 762 512 nafar iste’molchiga ko‘rsatilmagan xizmat uchun 11 mlrd so‘m miqdorida haq hisoblangani aniqlangan.

Hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Namangan Musaffo Iqlim”ga nisbatan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 19 va 21-moddalari talablari buzilganligi yuzasidan ish qo‘zg‘atildi. Aholi foydasiga 11 mlrd so’m mablag‘larni qayta hisob-kitob qilinib bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda byudjet daromadlari taqchilligi 2,1% ni tashkil etdi
/
2025-yilda byudjet daromadlari taqchilligi 2,1% ni tashkil etdi
Buyuk Britaniyada viza va immigratsiya to‘lovlari oshiriladi
/
Buyuk Britaniyada viza va immigratsiya to‘lovlari oshiriladi
“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
/
“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi