Tailand bilan vizasiz rejim chiptalarga bo’lgan talabni oshirdi

16 iyuldan boshlab o'zbekistonliklarning Tailandga sayohatga bo'lgan qiziqishi uch barobar oshdi

Tailand bilan vizasiz rejim chiptalarga bo’lgan talabni oshirdi

Avval Kapital.uz yozganidek 16 iyul kuni Tailand O’zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy etdi.

Aviasales.uz ushbu o’zgarish Tailandga sayohat qilishga bo’lgan qiziqish o’tgan oyga nisbatan qanday ta’sir qilganini o’rganib chiqdi.

Mutaxassislarning fikriga ko’ra, vizasiz rejim e’lon qilingan kuni Tailandga chiptalarni topishga qiziqish uch baravar oshdi.

Jadval shuni ko’rsatadiki, 16-iyul kuni chiptalarga talab keskin oshdi va eng yuqori cho’qqiga chiqdi.

Iyun va iyul oylarini taqqoslab, o’zbekistonliklarning Tailandga sayohatga bo’lgan qiziqishi 17%ga oshganini ta’kidlash mumkin. Eng katta o’sish Toshkent – Pxuket va Toshkent – Bangkok yo’nalishlarida kuzatilmoqda.

  • Toshkent – Pxuket: bronlar soni oyiga 2,6 baravarga oshdi.
  • Toshkent – Bangkok: qiziqish 18%ga oshdi.
  • Toshkent – Pxuket: qiziqish deyarli 20% ga oshdi.

Samarqandda Tailandga sayohatga qiziqish 3-4%ga oshdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
/
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi