China Eastern Toshkent–Shanxay yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Parvozlar haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi, chiptalar narxi $275dan boshlanadi

China Eastern Toshkent–Shanxay yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi Toshkent va Shanxay o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Ilk reys 30-mart kuni Shanxaydan Toshkentga amalga oshirildi. MU6037 reysi bilan poytaxt aeroportiga 265 nafar yo‘lovchi yetib keldi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi, ekipaj uchun tantanali marosim tashkil etildi.

Parvozlar haftasiga to‘rt marta — dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi taxminan 8 soatni tashkil etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentdan Shanxayga chipta narxi $275dan boshlanadi. Shanxaydan Toshkentga qaytish reysi esa kamida $438 etib belgilangan.

Mazkur yo‘nalish ikki davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash va yo‘lovchi oqimini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillar uchun Trade-In tizimi joriy etiladi
/
O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillar uchun Trade-In tizimi joriy etiladi
Rothschild & Co O‘zbekistonda yirik davlat korxonalarini IPOga chiqarishda ishtirok etadi
/
Rothschild & Co O‘zbekistonda yirik davlat korxonalarini IPOga chiqarishda ishtirok etadi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $11,6 mlrdga yetdi
/
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $11,6 mlrdga yetdi