“Chilonzor buyum savdo kompleksi” aksiyalari bilan operatsiyalarni tiklandi
“Toshkent” fond birjasi xabar berishicha, aksiyalar sonini ko‘paytirish uchun ular ikkiga bo‘linadi

Foto: Yandex map
2025-yil 28-maydan boshlab, “Chilonzor buyum savdo kompleksi” kapitalizatsiya bo‘yicha korporativ harakatlar yakunlangani munosabati bilan birjada #CBSK aksiyalari bilan savdolar tiklandi.
“Toshkent“ RFB xabar berishicha, savdoni tiklash sanasidagi oddiy aksiyaning taxminiy bahosi korreksiya bo’ladi va 2025-yil 21-maydagi savdolar yakunlari bo‘yicha tuzilgan “so‘nggi kotirovka narxi”ni ikkiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Ya’ni 3,57 / 2 = 1,79 so‘m kabi.
Avvalroq “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ kapitalizatsiya jarayonini boshlangani va uning doirasida har bir mavjud aksiyaga investorlar yana bitta qo‘shimcha aksiya olishi haqida xabar berilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ