O‘zbekistonda byudjet taqchilligining cheklangan miqdori YIMning 3% miqdorida belgilandi
2025-yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
“2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu haqida Lex.uzdan ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Qonun 2025-yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi va rasman 2025-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
2025-yil uchun birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘laridan faqat 2025-moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, 2025-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
- mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
- tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ