2025-yilda byudjet daromadlari taqchilligi 2,1% ni tashkil etdi

Mamlakatda daromadlarda ko'ra xarajatlar hajmi yuqori darajada saqlanib qolmoqda

2025-yilda byudjet daromadlari taqchilligi 2,1% ni tashkil etdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil davlat byudjeti ijrosiga oid ayrim koʻrsatkichlarni eʼlon qildi. Rasmiy infografikalar barcha detallarni ochib bermasa-da, byudjet siyosatidagi ayrim muhim tendensiyalarni koʻrsatadi.

2025-yilda yigʻma (konsolidatsiyalashgan) byudjet daromadlari 502,6 trln soʻmni tashkil qildi. Bu 2024-yilga nisbatan 31,8% ga koʻp. Xarajatlar esa 541,7 trln soʻm boʻlib, bir yil avvalgiga qaraganda 26,2% ga oʻsgan.

Natijada byudjet taqchilligi 39,1 trln soʻmni tashkil etib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,1% darajada shakllangan. Oʻtgan yili taqchillik 2019-yildan beri ilk bor 3% dan pastga tushgan. Demak, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash boʻyicha maʼlum natijalar bor. Biroq xarajatlar hajmi hali ham yuqori darajada qolmoqda. Bu kelgusida iqtisodiyotga bosim saqlanib qolishini anglatadi.

Byudjet manbalari 

Yigʻma byudjet bir nechta manbalardan shakllangan. Bunda davlat byudjeti asosiy oʻrinni egallab, oʻtgan yili 359,8 trln soʻm daromad va 383,9 trln soʻm xarajatni tashkil etgan. Keyingi manbalar tarkibidan davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda davlat tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari oʻrin olgan.

Oʻtgan yili qariyb 22,6 trln soʻm davlat qarzi hisobidan dasturlarga ajratilgan (50,1% oʻsish). Bu davlat xarajatlarida qarzga bogʻliqlik ortib borayotganini koʻrsatadi.

Daromadlarning asosiy qismi — 272 trln soʻm soliqlar hissasiga toʻgʻri kelgan. QQS, foyda soligʻi va jismoniy shaxslar daromad soligʻi asosiy manba boʻlgan. Biroq boshqa daromadlar, xususan, qimmatbaho metallar yoki xususiylashtirishdan tushumlar boʻyicha raqamlar ochiqlanmagan. Mazkur holat byudjet shaffofligi borasida savollarni keltirib chiqaradi.

Xarajatlar tarkibida “nomaʼlum” toifa ulushi katta

2025-yilda byudjetdan eng katta xarajatlar ish haqi va ustamalarga toʻgʻri kelgan va 149,6 trln soʻmni tashkil etgan. Shu bilan birga, 188,9 trln soʻm “boshqa xarajatlar” sifatida koʻrsatilgani diqqatni tortadi. Mazkur miqdor umumiy byudjetning uchdan bir qismiga teng. Demak, xarajatlar toʻliq ochiqlanmagani ham byudjetda shaffofligi boʻyicha savollar tugʻdiradi. Masalan, avvallari aholiga ajratilgan nafaqalar miqdori e’lon qilinardi. Yangi raqamlar tarkibiga nafaqalarga oid koʻrsatkichlar kiritilmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qadrsizlandi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qadrsizlandi
Buyuk Britaniyada viza va immigratsiya to‘lovlari oshiriladi
/
Buyuk Britaniyada viza va immigratsiya to‘lovlari oshiriladi
“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
/
“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi