Buyuk Britaniyada viza va immigratsiya to‘lovlari oshiriladi

Yangilangan narxlarga ko‘ra, 6 oygacha bo‘lgan qisqa muddatli sayohat vizasi $171 etib belgilandi

Buyuk Britaniyada viza va immigratsiya to‘lovlari oshiriladi

Buyuk Britaniyada 2026-yil 8-apreldan boshlab viza va immigratsiya xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori oshiriladi. Yangi tariflar qisqa va uzoq muddatli vizalar, tranzit ruxsatnomalari hamda yashash huquqiga oid xizmatlarni qamrab oladi.

Yangilangan narxlarga ko‘ra, 6 oygacha bo‘lgan qisqa muddatli sayohat vizasi 8 funtga qimmatlab, 135 funt ($171) etib belgilandi. 2 yillik viza narxi 475 funtdan 506 funtga, 10 yillik viza esa 1059 funtdan 1128 funtga oshirildi.

Shuningdek, 6 oydan 1 yilgacha muddatga beriladigan akademik vizalar narxi 220 funtdan 234 funtga ko‘tarildi.

Elektron sayohat ruxsatnomasi (ETA) ham qimmatlashib, 16 funtdan 20 funtga yetdi. Doimiy yashash huquqini olish (Route to Settlement) uchun to‘lov 2064 funtni tashkil etadi. Qarindoshlar uchun yashash ruxsatnomasi esa 3635 funtgacha oshirilgan.

Tranzit vizalari bo‘yicha ham yangi tariflar belgilandi: havo orqali tranzit — 41,5 funt ($53), quruqlik orqali esa 74,5 funt ($95).

Shu bilan birga, ayrim xizmatlar narxi o‘zgarishsiz qoldirildi. Jumladan, biometrik yashash ruxsatnomasini (BRP) almashtirish 154 funt, ma’muriy ko‘rib chiqish esa 80 funt darajasida saqlanib qolgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda minimal aliment 715 ming so‘mga oshirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda minimal aliment 715 ming so‘mga oshirilishi mumkin
Soliq qarzdorligi uchun elektr uchun to‘lov cheklanish tartibi 6 oy sinovdan o‘tkaziladi
/
Soliq qarzdorligi uchun elektr uchun to‘lov cheklanish tartibi 6 oy sinovdan o‘tkaziladi
O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini $2 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini $2 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda