“Holten Group” O‘zbekistonda “Burger King” restoranlarini ochish huquqini oldi

Uning asoschisi Almas Sultangazin Qozog‘istonning eng boy 75 tadbirkori ro‘yxatida 40-o‘rinni egallaydi

“Holten Group” O‘zbekistonda “Burger King” restoranlarini ochish huquqini oldi

Kapital.uz avval xabar berganidek, tez orada Burger King O‘zbekiston bozoriga kirib, Toshkentda o‘z restoranlarini ishga tushiradi. Litsenziya huquqi “International Beverages Tashkent” kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u bu tashabbusni amalga oshiradi.

Mart oyida Qozog‘istondagi “Burger King Kazakhstan” eksklyuziv franshizasi sotilgani ma’lum bo‘lgandi. Mazkur franshiza ilgari “Verniy Kapital” kompaniyalar guruhi va tadbirkor Anuar Utemuratovga tegishli bo‘lib, Qozog‘istonning 14 shahrida 55 ta restoranni qamrab olgan.

Yangi xaridor sifatida Dubayda ro‘yxatdan o‘tgan “Holten Group” chiqdi. Bu kompaniya “International Beverages Tashkent”’ning 0,1% ulushiga ega bo‘lgan ta’sischilaridan biri hisoblanadi. Qolgan 99,9% ulush “Holten Enterprise”’ga tegishli. “Forbes Kazakhstan” ma’lumotiga ko‘ra, “Holten Group”’ning asoschisi Almas Sultangazin bo‘lib, u Qozog‘istonning eng boy 75 tadbirkori ro‘yxatida 40-o‘rinni egallaydi. Uning boyligi $285 mlnga baholangan.

Shunday qilib, franshizani sotib olish natijasida Almas Sultangazin nafaqat Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi Burger King tarmog‘ini, balki O‘zbekistonda ham restoranlar ochish huquqini qo‘lga kiritdi.

U shuningdek, o‘zbekistonlik tadbirkor Shuhrat Ergashev asos solgan “International Beverages Tashkent” bilan hamkorlikda O‘zbekistonda “Pepsi”, “7UP”, “Mirinda”, “Mountain Dew”, “Adrenaline Rush” va “Lipton” mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda. “Holten Group” Armaniston va Gruziyada ham “Pepsi” ishlab chiqarish zavodlariga egalik qiladi. 2025-yilda esa Gruziyada yangi zavod qurilishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM