XDP taksi litsenziyasidagi hududiy cheklovlarga qarshi chiqdi

Fraksiya Transport vaziriga so‘rov yo‘llab, yangi qoidalar Konstitutsiya va erkin mehnat qilish huquqiga zidligini ta’kidladi

XDP taksi litsenziyasidagi hududiy cheklovlarga qarshi chiqdi

Avvalror O‘zbekistonda taksi haydovchilariga litsenziya berishda hudud hisobga olinishi haqida xabar berilgandi.

Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov xabar berishicha, 2025-yilda chiqqan qarorga ko‘ra, haydovchining o‘z hududida, yaʼni litsenziya kartochkasida ko‘rsatilgan hududda faoliyat olib borishi belgilangan.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi ushbu cheklov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67 va 42-moddalariga zid kelishini ta’kidlamoqda.

Konstitutsiyada davlat iqtisodiy makon birligini, xizmatlar va mehnat resurslarining erkin harakatlanishini kafolatlashi belgilangan. Shuningdek, har bir fuqaro kasb va faoliyat turini erkin tanlash, ishsizlikdan qonunchilikda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Fraksiyaga ko‘ra, yo‘nalishsiz taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida qonuniy faoliyat yuritmoqda — ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, soliq to‘laydi va litsenziya olgan. Hududiy cheklov esa ularning mehnat erkinligini buzadi, noqonuniy faoliyatga zamin yaratadi va konstitutsiyaviy huquqlarni cheklaydi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston XDP fraksiyasi transport vaziridan rasmiy tushuntirish so‘rab so‘rov yubordi. Shuningdek, transport sohasidagi muammolar muhokamasi doirasida vazir hukumat soatiga chaqirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
/
Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi
/
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi
“Yandex Uzbekistan” direktori taksichilarga joriy etilayotgan hududiy cheklovlarga munosabat bildirdi
/
“Yandex Uzbekistan” direktori taksichilarga joriy etilayotgan hududiy cheklovlarga munosabat bildirdi