Bozorda Bitcoin qiymati $63 mingdan pastladi

Kriptobozordagi pasayish AQSh fond bozorlari va xomashyo narxlaridagi qulash fonida kuzatilmoqda

Bozorda Bitcoin qiymati $63 mingdan pastladi

Bitcoin narxi so‘nggi savdolarda keskin pasayib, $62,9 ming darajasigacha tushdi. Bu haqda Al Jazeera savdo maydonchalari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Juma kuni ertalab kriptovalyuta qiymati qariyb 14% ga kamaydi. Hozirgi pasayish o‘tgan dam olish kunlarida boshlangan salbiy tendensiyaning davomidir. O‘shanda Bitcoin narxi $80 mingdan pastga tushgandi. 2026-yil boshidan buyon aktiv bozor qiymatining qariyb uchdan bir qismini yo‘qotgan.

Avvalroq Bitcoin Donald Trump qayta prezident etib saylangach, kriptosohada yumshoq tartibga solish bo‘lishi haqidagi kutishlar sababli qimmatlashgan edi. Natijada 2024-yil dekabr oyida uning narxi ilk bor $100 mingdan oshgan. Biroq 2025-yil oktyabrida $127 mingdan yuqori bo‘lgan tarixiy maksimumdan so‘ng bozor pasayish bosqichiga kirdi. Bunga geosiyosiy va tartibga solishdagi noaniqliklar sabab bo‘lmoqda.

Bitcoin’dagi pasayish global moliyaviy bozorlardagi keng ko‘lamli sotuvlar bilan bir vaqtda yuz bermoqda. AQSh fond bozorlarida ham indekslar pasaydi, texnologik kompaniyalar aksiyalari bosim ostida qoldi.

Qimmatbaho metallar bozori ham salbiy dinamikani ko‘rsatmoqda. Oltin narxi 4% dan ortiq pasayib, bir unsiya uchun $4 720 ga tushdi. Kumush esa 18,5% ga arzonlashib, $69 darajasiga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
/
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
/
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
/
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi