“Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi
Loyiha mahsulotlarda jiddiy xavf-xatar tug‘dirishi aniqlanganda ko‘riladigan ta’sir choralariga oid normalarni belgilaydi
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 8-aprel kuni “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo’ydi.
Loyihada bozor nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmlari, xususan, nazorat xaridlari, mahsulotlar ekspertizasi, joyiga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazishning xuquqiy asoslari belgilanmoqda. Shuningdek, mahsulotlar nomuvofiqligi yoki iste’molda jiddiy xavf-xatar tug‘dirishi aniqlanganda ko‘riladigan ta’sir choralariga oid normalar aks ettirilgan.
Bundan tashqari, bozor nazoratini olib borishda vakolatni organlar bilan bojxona organlari o‘rtasidagi hamkorlik, bozor nazorati sohasida idoralararo axborot almashinuvi, iqtisodiy operatorlarning javobgarligi hamda inson hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni iste’molchilarga qoplab berishning huquqiy asoslari aniqlangan.
Belgilangan texnik tartibga sorish talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilayotganligi hamda iste’molda jiddiy xavf tug‘diruvchi mahsulotlarni muomalaga chiqarganlik uchun moliyaviy jarimalar joriy etilishi xalq vakillari e’tiborida bo‘ldi.
Muhokama jarayonlari 17-aprelga qadar davom etadi.
Eslatib o’tamiz, 7-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqqan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ