Bo‘stonliqda $130 mln investitsiya bilan yangi kurort ochiladi

Loyiha doirasida 109 ta mehmonxona xonasi va 39 ta villa quriladi va 2026-yilda ishga tushiriladi

Bo‘stonliqda $130 mln investitsiya bilan yangi kurort ochiladi

O‘zbekistonda nufuzli xalqaro “Destination by Hyatt” brendi ostidagi ilk kurort qurilmoqda. Shu tariqa, mamlakat ushbu mehmonxona tarmog‘i faoliyat yuritadigan dunyoning to‘qqizinchi davlatiga aylanadi.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida barpo etilayotgan “Beldersoy Resort & SPA” majmuasining ochilishi 2026-yil bahoriga rejalashtirilgan. Kurort Bildirsoy tog‘-chang‘i hududi yaqinida joylashib, hududning turizm infratuzilmasini kengaytiradi.

Loyiha doirasida 109 ta mehmonxona xonasi va 39 ta villa qurilmoqda. Investorlar ma’lumotiga ko‘ra, umumiy investitsiya hajmi $130 mlnni tashkil etadi. Qurilish jarayonida 1, 5 mingta ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, majmua ishga tushgach yana 590 ta doimiy ish o‘rni ochiladi.

Loyiha tashabbuskori “Hotel Invest Group” vakillarining ta’kidlashicha, kurortda ekologik barqarorlikka alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, tabiiy landshaft maksimal darajada saqlanadi, zamonaviy suv tozalash va energiya tejovchi texnologiyalar joriy etiladi, shuningdek, mustaqil kanalizatsiya tizimi barpo etilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, yangi kurortning ishga tushirilishi O‘zbekistonning premium turizm yo‘nalishidagi salohiyatini oshirib, xalqaro bozordagi pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-apreldan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-apreldan nimalar o‘zgaradi
O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish ikki oy ichida 12% ga oshdi
/
O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish ikki oy ichida 12% ga oshdi
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi