Toshkent aeroportida endi 15 ta aviakompaniya chiptalarini sotib olish mumkin

Oldin  aeroportda faqat «Uzbekistan Airways» chiptalari sotilgan

Toshkent aeroportida endi 15 ta aviakompaniya chiptalarini sotib olish mumkin

O’zbekistonda «Toshkent» aeroporti aviakassasida endi 15 ta aviakompaniya chiptalarini sotib olish mumkin. Bu haqda «Uzbekistan Airports» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi qavatida VIP va CIP zallari jo’nash zonalari yonida joylashgan kassa quyidagi aviakompaniyalarga chiptalarni taklif etadi:

  • Uzbekistan Airways;
  • Silk Avia;
  • Centrum Air;
  • Qanot Sharq;
  • Air Samarkand; 
  • Turkish Airlines;
  • Asiana Airlines;
  • LOT Polish Airlines;
  • Belavia;
  • Air Astana; 
  • Аэрофлот;
  • Ural Airlines;
  • S7; 
  • Red Wings;
  • Utair. 

Oldin aeroportda faqat «Uzbekistan Airways» chiptalari sotilgan. 

Shuningdek, ticket-ofisida yo’lovchilar «Uzbekistan Airways», «Silk Avia» va «Centrum Air» aviakompaniyalarining chiptalarni qayta bron qilish va qayta rasmiylashtirish, xizmat ko’rsatish sinfini oshirish va pasaytirish, ortiqcha va maxsus yuklar, shu jumladan o’simliklar va hayvonlarni tashish uchun qo’shimcha xizmatlar uchun haq to’lashlari mumkin. 

Bundan tashqari, savdo ofisida siz «Fast Track» xizmati va «CIP Loune va «Anor» yuqori qulaylik zallariga kirish uchun pul to’lashingiz mumkin.

Toshkent aeroportidagi ticket-ofis 24/7 ishlaydi. Xizmatlarni olish uchun sizda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo’lishi kerak.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda