Bog‘chalarda yangi to‘lov miqdorlari tasdiqlandi
Eng yuqori qiymat Toshkent shahriga to‘g’ri kelmoqda
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik avval xabar berganidek, davlat bog‘chalari uchun narxlar ikki bosqichda ko‘tarilmoqda. To‘lovlar 2024-yil 1-iyundan o‘rtacha 18,7−21%ga oshgan bo‘lsa, 2025-yil 1-yanvardan yana 8,5−10,8% ga oshadi. Narxlar bundan oldin oxirgi marta 2021-yil 1-mayda qimmatlagan edi.
Yangilangan to‘lovi miqdorlariga ko‘ra, eng yuqori qiymat Toshkent shahriga to‘g’ri kelmoqda. Tashkilotga boradigan bir oiladagi bir bola uchun oylik to‘lov 9 soat uchun 272 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklatilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ