O‘zbekistonda blogerlar soliqqa tortilishi bo‘yicha Rossiya tajribasi o‘rganilmoqda

2025-yilda ilk marta blogerlarning reklama faoliyati rasman YAIM tarkibida hisobga olingan

O‘zbekistonda blogerlar soliqqa tortilishi bo‘yicha Rossiya tajribasi o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Moskva shahrida bo‘lib turibdi. U yerda ular Rossiya Federal soliq xizmati tajribasi asosida blogerlar va internet orqali faoliyat yurituvchi boshqa shaxslar daromadlari ustidan soliq nazoratini amalga oshirish amaliyotini o‘rganmoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tomonlar, shuningdek, soliq xizmati brendini ommalashtirish, ochiqlik darajasini oshirish va fuqarolar ishonchini mustahkamlash maqsadida media hamjamiyat bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

Bundan tashqari, Rossiya tomoni soliq organlari faoliyatida xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan ya’ni, soliq to‘lovchilar uchun qulay xizmatlar yaratish, ular bilan o‘zaro samarali hamkorlik o‘rnatish, mavjud tartib-taomillarni soddalashtirishga qaratilgan yondashuvlarni joriy etish amaliyotini taqdim etdi.

Qo‘mita qayd etishicha, mazkur tajriba almashish jarayoni ilg‘or yechimlarni o‘rganish va ularni kelgusida O‘zbekiston soliq organlari faoliyatida qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga xizmat qiladi.

Blogerlar bozori

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda O‘zbekistonda xizmatlar sohasidagi yangi faoliyat turlari rasman hisobga olinib, mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) tarkibiga kiritilgan. Bu haqda 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan konferensiyada Milliy statistika qo‘mitasi raisi Behzod Hamrayev ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xizmatlar sohasi alohida metodologik yondashuvni talab qiladi- buyerda norasmiy va rasmiy sektor o‘rtasidagi farqni “juda diqqat bilan” inobatga olish zarur.

Ushbu sohada qo‘shimcha ravishda bozor xizmatlarining umumiy hajmiga 10,2 trln so‘m kiritilgan:

  • kurerlik yetkazib berish xizmatlari — 3,75 trln so‘m;
  • keytering — 2,023 trln so‘m;
  • yuridik xizmatlar (yakka tartibdagi advokatlar) — 1,421 trln so‘m;
  • motorollerlarda yuk yetkazib berish — 1,344 trln so‘m;
  • avtomobil bozorlaridagi vositachilik xizmatlari — 795,4 mlrd so‘m (taxminan $65 mln);
  • blogerlarning reklama faoliyati — 760,2 mlrd so‘m ($62 mln);
  • xususiy notariuslar — 136 mlrd so‘m.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yil yakuniga qadar 614 dona yuk va 25 dona yoʻlovchi vagonlari ishlab chiqariladi
/
2026-yil yakuniga qadar 614 dona yuk va 25 dona yoʻlovchi vagonlari ishlab chiqariladi
Toshkentda to‘qqizta yangi jamoat parkini tashkil etish rejalashtirilmoqda
/
Toshkentda to‘qqizta yangi jamoat parkini tashkil etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda xavfli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar reyestri e‘lon qilindi
/
O‘zbekistonda xavfli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar reyestri e‘lon qilindi